Yuklanmoqda...

Maxfiylik siyosati

Ommaviy oferta, 7-bo'lim.

7.     MAHFIYLIK

7.1.   Ushbu shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarishga taalluqli bir tarafning boshqa tarafga taqdim qilgan, qonunlar bilan erkin foydalanish cheklangan barcha elektron ma’lumotlar mahfiy ma’lumotlar deb hisoblanadi.

7.2.   Qabul qiluvchi taraf mahfiy ma’lumotlar yoki uni bir qismi oshkor qilingani uchun javobgar bo’lmaydi, agarda u mahfiy ma’lumot:

a)           Uni olish vaqtida yoki keyinchalik qabul qiluvchi tarafni aybisiz ham barchaga ma’lum bo’lsa;

b)           Qabul qiluvchi tarafga ma’lum bo’lgan yoki uni qabul qilib olguncha uni tasarrufida bo’lgan bo’lsa;

c)           Qabul qiluvchi Tarafga Taqdim qiluvchi Taraf manbasidan emas boshqa manbadan olinganligi maʼlum bo’lganda, yaʼni Mahfiy maʼlumotlarni saqlanishini taʼminlash bo’yicha majburiyat buzilmagan bo’lsa;

7.3.   Foydalanuvchining hech qanday ma’lumoti foydalanuvchi ixtiyorisiz va ishtirokisiz uchinchi tamonga uzatilmaydi.

7.4.   Foydalanuvchi mazkur Shartnomaning 11-bo‘limida ko‘rsatilgan elektron pochtaga xat yuborib, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish to‘g‘risidagi roziligini chaqirib olishga haqli.

7.5.   Shaxsiy ma'lumotlaringiz(ism, sharif va telefon raqam) - qurilmaingiz(telefon, planshet) hotirasida va muallifni markaziy serverida saqlanadi. Ma'lumotlaringiz muallifdan boshqa, uchinchi tamonga uzatilmaydi va quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:

a)           Foydalanuvchiga murojaat qilish uchun;

b)           Muallif tamonidan ishlab chiqilgan, boshqa hizmatlardan foydalanishni soddalashtirish uchun;

c)           Ilovalardan kimlar foydalanayotganini tijoriy maqsadda tahlil qilish uchun;

d)           Zarurat tug'ilganda foydalanuvchi bilan aloqa o'rnatish uchun;

7.6.   Dastur o’rnatilgan va u orqali hizmat ko’rsatiladigan qurilma ma'lumotlari (Tizim ID, qurilma ishlab chiqaruvchi brendi, qurilma modeli va OS versiyasi) – foydalanuvchi qurilmasi hotirasida va muallifni markaziy serverida saqlanadi. Qurilmangiz ma'lumotlari muallifdan boshqa, uchinchi tamon shaxlarga berilmaydi, va quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:

a)           Ilovada kelib chiqishi mumkin bo'lgan muammolarni hal qilishda;

b)           Foydalanuvchilar qurilmalariga mos ilova ishlab chiqishdan oldin tahlil qilishda;

c)           Qurilmangizga bog'liq bo'lgan betakror litsenziya kaliti berishda;

7.7.   Ilovaga foydalanuvchi tamonidan kiritilgan ma’lumotlar foydalanuvchi  qurilmasi(telefon, planshet,kompyuter) hotirasida saqlanadi va foydalanuvchi ixtiyorisiz boshqa uchinchi tamonga uzatilmaydi.

7.8.   Ma’lumotlari rezervi yoki foydalanuvchi faol foydalanayotgan dasturlar ma’lumotlari – foydalanuvchi ixtiyori bilan muallif serverlarida saqlanishi mumkun.

7.9.   Muallif ma’lumotlardan ilmiy va tijoriy maqsadlarda ma’lumor egasi shaxsini oshkor qilmagan holda tahlil uchun foydalanishga haqli.