Mazkur hujjat “INNOVATION SOFTWARE” oilaviy korxonasining (keyingi
o‘rinlarda – Muallif) tamonidan tayyorlangan, “INWARE” savdo belgisi
ostidagi dasturlari
hizmatidan to’lov evaziga foydalanish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq
xizmat ko‘rsatish shartnomasini (keyingi o‘rinlarda – Shartnoma) tuzish
yuzasidan layoqatli bo‘lgan jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda –
Foydalanuvchi) ommaviy rasmiy taklif (oferta) hisoblanadi.
Foydalanuvchi tomonidan mazkur ofertada belgilangan harakatlarning
bajarilishi, u tomonidan quyidagi shartlar so‘zsiz qabul qilinganligini anglatadi
(Ofertaning aksepti). Ofertani aksept qilgan paytdan shartnoma tuzilgan
hisoblanadi. Mazkur shartnomada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan barcha
hollar, tamonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va ish muomalasi
odatlariga rioya qiladilar.
1.1.Hizmat - “INWARE”
savdo belgisi ostidagi dasturlari hizmatidan to’lov evaziga foydalanish imkonini
beradigan “INNOVATION SOFTWARE” OK.
alohida egalik va mualliflik huquqidagi dasturiy mahsulot
1.2.Muallif –
Hizmatlarni taqdim etuvchi, Foydalanuvchi tomonidan O'zR qonun hujjatlari bilan
taqiqlanmagan
1.3.Foydalanuvchi
1.4.Tizim
1.5.Litsenziya
1.6.Dastur
1.7.Shaxsiy kabinet
1.8.Akkaunt
1.9.Server
2.1.Muallif
Foydalanuvchilarga inware.uz saytida joylashtirilgan, kompyuter, telefon va
boshqa elektron qurilmalarda ishlovchi, onlayn, offlayn yoki gibrid(ham onlayn
ham offlayn) turidagi “INWARE” savdo belgisi ostidagi dasturiy ta’minot(lar)dan
foydalanish imkonini beradi.
2.2. Muallif
bepul tartibda taqdim etilishi mumkun
bo’lgan ayrim hizmatlarni o’z ichiga olishi mumkun.
3.1. Muallif
hizmatlaridan foydalanish uchun
“INWARE” savdo belgisi ostidagi dasturni o’rnatadi, tizimda ro’yxatdan o’tadi
va mazkur Oferta shartlariga rozilik beradi.
3.2.Mazkur
Ofertaning 3.1-bandi bilan nazarda tutilgan harakatlarning amalga oshirilishi
shaxsning mazkur Ofertada belgilangan shartlarda, tartibda va hajmda xizmatlar
ko'rsatish to'g'risida Shartnoma tuzishga roziligining so'zsiz va muqarrar
tasdig'i (aktsepti) hisoblanadi. Ushbu paytdan e'tiboran shartnoma tuzgan shaxs
- Foydalanuvchi maqomiga ega bo'ladi.
3.3.Shartnoma
tuzilgan paytdan e'tiboran Foydalanuvchida yuzaga keladigan huquqlar va
talablar Servis Foydalanuvchisi tomonidan uchinchi shaxslarga berilishi mumkin
emas.
4.1.
5.1.1.Foydalanuvchi
mazkur shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim
darajada bajarmaganligi natijasida vujudga kelgan har qanday zarar yoki salbiy
oqibatlarni qoplab berish.
5.1.2.Muallif
tomonidan e'lon qilinadigan Foydalanuvchilar uchun xabarlarni kuzatib borish.
Ushbu xabarlardagi talablarga rioya qilish.
5.2.1.“INWARE”
servislarini uzluksiz ishlashini ta’minlash.
5.2.2.Foydalanuvchi
maxfiy ma’lumotlarini muhofaza qilish.
5.2.3.Sayt,
shaxsiy kabinet va ijntimoiy tarmoqlar orqali foydalanuvchilarga axborot
yordamini ko’rsatish.
5.2.4.Muallif
Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlari bajarilmaganligi yoki tegishlicha
bajarilmaganligi texnogen xususiyatli yengib bo'lmas kuch vaziyatlari, aynan
esa: Servis faoliyati uchun foydalaniladigan kuchli tokda ishlaydigan elektr
yoki kompyuter tarmoqlarida yoki boshqa elektr aloqa tarmoqlarida avariya
(ishdagi to'xtalish) oqibatida, shuningdek uchinchi shaxslarning Servis
faoliyatini izdan chiqarishga qaratilgan qasddan noqonuniy harakatlari
natijasida yuz bergan bo'lsa, bunday o'z majburiyatlari to'liq yoki qisman
bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan to'liq ozod qilinadi.
5.3.1.Muallif bir
tomonlama mazkur Ofertaga o‘zgartirish kiritish haqli, bu mazkur shartnomani
9.2-bo’limida yozilgan
tartibda amalga oshiriladi.
5.3.2.Muallif
tamonidan bepul tartibda amalga oshirilayotgan hizmatlarni har qanday vaqtda
Foydalanuvchi tamonidan kiritilgan ma’lumotlarga zarar yetkazmagan holda
to’xtatishga haqli.
6.1.Foydalanuvchi
tamonidan tizim yoki dastur yordamida sodir etilgan har qanday harakatga
foydalanuvchi mutlaq javobgar va muallif javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
6.2.Tomonlar
mazkur shartnomaning talablarini bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob
beradilar.
6.3.Muallif mazkur
shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
javob bermaydi, agar ushbu harakatlar Foydalanuvchi tomonidan shartnoma
shartlarini bajarilmaganligi oqibatida sodir bo‘lgan bo‘lsa.
6.4.Muallif Foydalanuvchida
vujudga kelgan har qanday zarar uchun javob bermaydi, agar Foydalanuvchi mazkur
Ofertaning shartlari, shuningdek pullik servisning pullik servislarini
aktivasiya qilinishida ularning ofertalari o‘z vaqtida tanishmaganligi yoki
tanishmagaligi sababli bo‘lsa.
6.5.Muallif
quyidagi hollarda shartnomani qisman yoki to’liq bajarmagani uchun javobgar
bo’lmaydi:
6.5.1.Aloqa
hizmati sifati yomonligi sababidan bajarmasa;
6.5.2.Tizimdagi
texnik buzilishlar sababidan bajarmasa. Bu holatda Muallif ijtmoiy tarmoqdagi
sahifalarida, saytida va/yoki shaxsiy kabinet orqali habar berishga javobgar
bo’ladi;
6.6.Muallif Foydalanuvchi
tomonidan Servisdan foydalanish imkonini beradigan o'z rekvizitlari va/yoki
boshqa shaxsiy ma'lumotlari oshkor qilinganligi tufayli Foydalanuvchiga
etkazilgan har qanday turdagi zarar uchun javobgar bo'lmaydi.
7.1.Ushbu
shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarishga taalluqli bir tarafning boshqa
tarafga taqdim qilgan, qonunlar bilan erkin foydalanish cheklangan barcha
elektron ma’lumotlar mahfiy ma’lumotlar deb hisoblanadi.
7.2.Qabul
qiluvchi taraf mahfiy ma’lumotlar yoki uni bir qismi oshkor qilingani uchun
javobgar bo’lmaydi, agarda u mahfiy ma’lumot:
7.2.1.Uni olish
vaqtida yoki keyinchalik qabul qiluvchi tarafni aybisiz ham barchaga ma’lum
bo’lsa;
7.2.2.Qabul
qiluvchi tarafga ma’lum bo’lgan yoki uni qabul qilib olguncha uni tasarrufida
bo’lgan bo’lsa;
7.2.3.Qabul qiluvchi
Tarafga Taqdim qiluvchi Taraf manbasidan emas boshqa manbadan olinganligi
maʼlum bo’lganda, yaʼni Mahfiy maʼlumotlarni saqlanishini
taʼminlash bo’yicha majburiyat buzilmagan bo’lsa;
7.3.Foydalanuvchining
hech qanday ma’lumoti foydalanuvchi ixtiyorisiz va ishtirokisiz uchinchi
tamonga uzatilmaydi.
7.4.Foydalanuvchi
mazkur Shartnomaning 11-bo‘limida ko‘rsatilgan elektron pochtaga xat yuborib,
shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish to‘g‘risidagi roziligini chaqirib
olishga haqli.
7.5.Shaxsiy
ma'lumotlaringiz(ism, sharif
va telefon raqam) - qurilmaingiz(telefon, planshet) hotirasida va muallifni
markaziy serverida saqlanadi. Ma'lumotlaringiz muallifdan boshqa, uchinchi
tamonga uzatilmaydi va quyidagi maqsadlarda foydalanilishi mumkin:
7.5.1.Foydalanuvchiga
murojaat qilish
uchun;
7.5.2.Muallif tamonidan
ishlab chiqilgan,
boshqa hizmatlardan foydalanishni soddalashtirish uchun;
7.5.3.Ilovalardan kimlar
foydalanayotganini tijoriy maqsadda tahlil qilish uchun;
7.5.4.Zarurat tug'ilganda
foydalanuvchi
bilan aloqa o'rnatish uchun;
7.6.Dastur o’rnatilgan va u
orqali
hizmat ko’rsatiladigan qurilma ma'lumotlari (Tizim ID, qurilma ishlab
chiqaruvchi brendi, qurilma modeli va OS versiyasi) – foydalanuvchi qurilmasi hotirasida
va muallifni markaziy serverida saqlanadi. Qurilmangiz ma'lumotlari muallifdan
boshqa, uchinchi tamon shaxlarga berilmaydi, va quyidagi maqsadlarda
foydalanilishi mumkin:
7.6.1.Ilovada kelib chiqishi
mumkin bo'lgan
muammolarni hal qilishda;
7.6.2.Foydalanuvchilar
qurilmalariga mos
ilova ishlab chiqishdan oldin tahlil qilishda;
7.6.3.Qurilmangizga bog'liq
bo'lgan
betakror litsenziya kaliti berishda;
7.7.Ilovaga foydalanuvchi
tamonidan
kiritilgan ma’lumotlar foydalanuvchi qurilmasi(telefon, planshet,kompyuter)
hotirasida saqlanadi va foydalanuvchi ixtiyorisiz boshqa uchinchi tamonga
uzatilmaydi.
7.8.Ma’lumotlari rezervi
yoki foydalanuvchi
faol foydalanayotgan dasturlar ma’lumotlari – foydalanuvchi ixtiyori bilan
muallif serverlarida saqlanishi mumkun.
7.9.Muallif ma’lumotlardan
ilmiy va
tijoriy maqsadlarda ma’lumor egasi shaxsini oshkor qilmagan holda tahlil uchun
foydalanishga haqli.
8.1.Mazkur
Shartnoma doirasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan barcha da'volar muzokaralar
orqali hal qilinadi. Muzokaralar orqali kelishuvga erishilmagan holatda,
Taraflar o'z kelishmovchiliklarini O'zR amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sud
tartibida hal qiladilar.
8.2.Agar yuzaga
kelgan vaziyat muzokaralar yo'li bilan, shuningdek, bevosita hal etilmasa yoki
tomonlardan birining muzokaralarda ishtirok etishdan bevosita yoki bilvosita
rad etishi hollarda, agar tomonlardan biri uning fikricha uning huquqlari
buzilgan deb hisoblasa, ikkinchi tamonga asoslangan yozma da’voni yuborishi
shart.
8.3.Da'voni
qabul qilgan tomon, da'vo arizasi berilgan kundan boshlab 10 (o'n) ish kuni
ichida uni olishga, da'voda ko'rsatilgan talablarni qondirishga yoki ularni qanoatlantirishni
yozma asoslantirilgan rad etishga majburdir.
8.4.Agar tomonlar
kelishuvga erisha olmasalar, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga
muvofiq xo‘jalik sudi orqali hal qilinadi.
9.1.1.Taraflar
shartnomada ko’rsatilgan majburiyatlarini bajarar ekan, shartnoma o’z kuchida
qoladi va uni amal qilish muddati cheklanmaydi.
9.2.1.Muallif
istalgan vaqtda foydalanuvchilarni kamida 10(o’n) ish kuni oldindan muallif rasmiy
saytida va foydalanuvchi shaxsiy kabinetida habar bergan holda shartnomaga
va/yoki xizmat narxlariga o’zgartirish va/yoki qo’shimcha kiritishga haqli.
9.2.2.Ushbu
shartnomani 9.2.1-bandiga asosan o’zgarishlar kuchga kirganida foydalanuvchi
ko’pi bilan 10(o’n) kun davomida shartnomani bekor qilish haqida yozma habar
jo’natmagan taqdirda yangi qo’shimcha va o’zgarishlarni qabul qilgan va
bajarish majburiyatini zimmasiga olgan hisoblanadi.
9.3.1.Foydalanuvchi
tamonidan shartnoma shartlari buzilgan holatda muallif bu haqida habar bergan
holda oldindan ogohlantirishlarsiz shartnomani bir taraflama bekor qilishga
haqli.
9.3.2.Foydalanuvchi
shaxsiy kabinet orqali tizimdan akkauntini o‘chirib, mazkur shartnomani har
qanday vaqtda bajarmaslikka haqli.
9.3.3.Agar
foydalanuvchi<> shartnomani bajarmasa yoki
lozim darajada bajarmasa yoki serverda ma’lumot saqlash hizmatidan yoki shu
hizmatni o’z ichiga oluvchi boshqa hizmatlardan 3 oy davomida
foydalanmasa(faollik bo’lmasa) – shaxsiy kabinet va serverga kirishni cheklash
va serverdagi mavjud ma’lumotlari arxivga ko’chirilishi mumkun. Foydalanuvchi
qurilmalaridagi hizmat ko’rsatayotgan dasturiy ta’minotga ham cheklov
o’rnatilishi mumkun lekin foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlarni eksport qilib
olishga haqli.
9.3.4.Ushbu
shartnoma 9.3.1 va 9.3.3 bandlari asosida bekor qilingan hollarda foydalanuvchi
hisobidagi mablag’ qaytarilmaydi va jarima hisoblanadi.
10.1. Ushbu Taklifning
bo'lim sarlavhalari faqat qulaylik va
ma'lumot olish uchun ishlatiladi va uning atamalarining tuzilishi yoki
talqiniga ta'sir qilmaydi.
10.2. Ushbu ofertani qabul
qilib, foydalanuvchi ushbu
shartnomaning barcha shartlarini so‘zsiz qabul qilganligini tasdiqlaydi va uni
bajarishni o‘z zimmasiga oladi.
10.3. Foydalanuvchi o’z
huquqlari va javobgarliklarini
uchinchi tamonga muallif roziligisiz taqdim etish huquqiga ega emas.
10.4. Muallif o’z
majburiyatlarini bajarish uchun
foydalanuvchining roziligisiz uchinchi tamonlarni jalb qilish huquqiga ega.
10.5. Shartnoma bilan hal
qilinmagan barcha masalalar
O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
“INNOVATION SOFTWARE” Oilaviy Korxonasi
Manzil: Andijon sh. Furqat ko'cha, 8/57
XR: 20208000705042337001
Bank: Askabank, Andijon viloyat filiali
STIR: 306096826
MFO: 00069
Shaxsiy kabinet: www.inware.uz/cabinet
Rasmiy sayt: www.inware.uz