Biznesingizga 100% mos dastur yasaymiz

Oʻrta va katta biznes uchun: filial, ombor va agentlar koʻpayib, pul va tovar nazoratdan chiqa boshlaganda

  • Narx 12 mln soʻmdan

  • Kafolat Kechikkan har kun uchun chegirma

  • Tajriba Korxona 2019-yildan, rahbar tajribasi 2016-yildan, 70+ IT loyiha

Telegramga yozing — jarayoningiz boʻyicha bepul tavsiya oling.

Yaxshi dasturchi topish — alohida ish

Izlashga vaqt ketadi

Kim haqiqatan qila olishini oldindan bilish qiyin. Taklif solishtirish oylab choʻziladi.

Tushuntirishga kuch ketadi

Biznes jarayonini dasturchiga tushuntirguncha rahbarning oʻzi charchaydi.

Natijaga kafolat yoʻq

Muddat choʻzilsa yoki natija chiqmasa, xavf toʻliq buyurtmachi zimmasida qoladi.

Nega bizga ishonsa boʻladi

Sizni ikki ogʻiz gapdan tushunamiz

Talablarni rahbar Xolidjon Nabiyev oʻzi oʻrganadi: 7 ta biznes boshlagan, buxgalteriya diplomi bor, 70+ IT loyiha qilgan

Kechiksak — pulingiz qaytadi

Har kechikkan kun uchun chegirma, muddat ikki barobar oshsa — toʻliq qaytarish. Shartlar

Kod va maʼlumot sizniki — shartnomada yoziladi

Dastur kodi va maʼlumotlaringiz egaligi shartnomada sizga yoziladi. Masalan, Autobay tizimi kompaniyaning oʻz serverida ishlaydi.

8+ yil avval yasagan dasturlarimizni hozir ham qoʻllab-quvvatlaymiz

Doimiy qoʻllab-quvvatlash va loyihani keyin ham rivojlantirishga shartlashish mumkin

Xodimlar oson oʻrganadi

Dasturlar sodda: yangi xodim 30 daqiqadan boshlab oʻrganadi va tez ishga tushadi

Xavfsizlik kafolati beriladi

Har bir dasturimizda eng koʻp uchraydigan 10 xil buzish usulidan himoya (OWASP Top 10)

Andijondagi 3 ta biznes uchun qilgan tizimlarimiz

Uchala loyiha ham Andijonda. Har birining alohida sahifasi boʻladi.

Andijon · Ishlayapti

Jalaquduq yoʻl trans MCHJ

Muammo. Yoʻnalishlar koʻp, hisobotni jamlash uzoq vaqt oladi. Mijozlar bilan oldi-berdi hisobi vaqtida chiqmaydi, kunda xato boʻladi — mijoz ishonchi va pul xavf ostida.

Nima qilindi. Ortiqcha elementlarsiz, sodda ERP tizimi.

Natija. “Excelda behuda vaqt sarflar edik. Koʻp vaqtimizni tejab berdi. Hisobot endi bir zumda boshqaruvchi telefonida koʻrinadi.”

Andijon · Loyiha jarayonda

Oson savdo

Muammo. Mijozlar bilan muloqot yoʻq, doimiy mijozni tanimaydi. Muammo chiqsa, mijoz indamay ketib qoladi.

Nima qilindi. Mahsulot hisobi, mijozlar bazasi va CRM, oldindan buyurtma uchun Telegram bot, NFC va shtrixkodli karta, AI tahlil, Face ID bilan davomat.

Natija. Natija loyiha tugagach shu yerda chiqadi.

Andijon · Loyiha jarayonda

Autobay

Muammo. Nasiyaga sotadi, toʻlov vaqtida masʼul xodim borishi kerak. Masʼullarni nazorat qilish qiyin, hisob chalkash, pul yigʻilmay qolyapti.

Nima qilindi. Masʼullar uchun mobil ilova, kompaniyaning oʻz maʼlumotlar serveri, kassa dasturi.

Natija. Natija loyiha tugagach shu yerda chiqadi.

Barcha loyihalar: hozirgi va avvalgi

Kafolat: kechiksak, pulni biz yoʻqotamiz

Har kechikkan kun uchun xizmat haqidan bir kunlik ulush chegiriladi: xizmat haqi ÷ muddat (kun). Muddat ikki barobar oshsa, chegirma toʻliq summaga yetadi — pulingiz qaytadi, tizim esa baribir topshiriladi.

Shartnomadan keyin 3 kun ichida fikringizdan qaytsangiz, pulingiz qaytariladi.

Misol. Xizmat haqi 30 mln soʻm, muddat 30 kun. Har kechikkan kun — 1 mln soʻm chegirma. 60-kunga kelib chegirma 30 mln boʻladi.

Oʻz mahsulotlarimiz ham ishlayapti

Raqamlari jamoa qanday ishlashini koʻrsatadi. Maxsus tizim kerak boʻlmasa, ulardan biri mos kelishi mumkin.

Zifra — 700+ doʻkonda kassa va savdo hisobi

Zifra

Doʻkon va savdo hisobi, kassa tizimi. 700+ doʻkonga oʻrnatilgan.

  • 700+ doʻkonga oʻrnatilgan
  • 12 viloyat
  • 2016-yildan birorta maʼlumot yoʻqolmagan

zifra.uz

Telegram · Instagram · YouTube

Mafin — 6k+ oʻrnatilgan qarz va mablagʻ hisobi ilovasi

Mafin

Qarzdorlar va mablagʻ hisobi ilovasi. Android va iOS, internetsiz ham ishlaydi.

  • 6k+ oʻrnatish
  • 2020-yildan

mafin.app

Telegram · Instagram · YouTube

Nafli — Zifra kassasi bilan ishlaydigan keshbek platformasi

Nafli

Keshbek platformasi: xaridor keshbekni Telegram botda toʻplaydi. Zifra kassasi bilan ishlaydi.

  • Telegram bot @nafli_roBot
  • Zifra kassasi bilan ishlaydi

nafli.uz

Telegram · Telegram bot

Koʻp soʻraladigan savollar

Loyiha narxini nima belgilaydi?

Ekranlar va funksiyalar soni, dizayn murakkabligi, boshqa tizimlar bilan integratsiya (1C, toʻlov, CRM) va platformalar soni (Windows, Android, iOS).

Oldindan toʻlov bormi?

Odatda bosqichma-bosqich: avval demo koʻrsatamiz, keyin avans olamiz. Qolgan toʻlovni har bir bosqich tugab, siz qabul qilganingizdan keyin olamiz.

Aniq qanday dastur kerakligini bilmayman, nima qilaman?

Muammoni yoki dastur bajarishi kerak boʻlgan jarayonni oʻz soʻzingiz bilan aytib bering. Vazifa hujjatini birga yozamiz.

Yashirin xarajatlar bormi?

Yoʻq. Xizmat haqimizdan tashqari xarajatlar — server, domen, App Store va Google Play akkaunti, litsenziyalar — oldindan koʻrsatiladi.

Hozirgi maʼlumotlarim boshqa dasturda boʻlsa, nima boʻladi?

Yangi dasturga koʻchirib beramiz. Buning uchun maʼlumotlarni Excel yoki boshqa formatda bizga uzatib bersangiz kifoya.

Qancha vaqtda tayyor boʻladi?

Oddiy loyiha 10 kundan 1 oygacha, oʻrtacha loyiha 1–4 oy, murakkab loyiha 5 oy va undan koʻp.

Muddatni tezlashtirsa boʻladimi?

Ha: qoʻshimcha toʻlov evaziga, yoki funksiyalar va oynalarni kamaytirish evaziga. Sifatni pasaytirish evaziga ham mumkin.

Kod kimga tegishli boʻladi?

Kelishuvga bogʻliq. Kodni mualliflik huquqi bilan sotib olishingiz mumkin. Arzonroq variant — faqat foydalanish huquqini sotib olish.

Qanday turdagi ilovalar tayyorlaymiz?

Kod va maʼlumot sizniki — bu shartnomada yoziladi.

Xolidjon I. Nabiyev

Talablaringizni rahbarning oʻzi oʻrganadi

Xolidjon I. Nabiyev — asoschi va rahbar, buyurtma dasturlar yasash tajribasi 2016-yildan.

  • 7 xil biznes boshlagan
  • Buxgalteriya diplomi
  • 30+ turdagi bizneslarni avtomatlashtirgan
  • 70+ IT loyiha