INWARE / Loyihalar

Loyihalar

Hozirgi asosiy ishimiz — oʻrta va katta biznes uchun buyurtma tizimlar. Pastda undan oldingi yillardagi ishlar.

Hozirgi loyihalar

Uchalasi Andijonda. Har birining alohida sahifasi boʻladi.

Andijon · Ishlayapti

Jalaquduq yoʻl trans MCHJ

Muammo. Yoʻnalishlar koʻp, hisobotni jamlash uzoq vaqt oladi. Mijozlar bilan oldi-berdi hisobi vaqtida chiqmaydi, kunda xato boʻladi — mijoz ishonchi va pul xavf ostida.

Nima qilindi. Ortiqcha elementlarsiz, sodda ERP tizimi.

Natija. “Excelda behuda vaqt sarflar edik. Koʻp vaqtimizni tejab berdi. Hisobot endi bir zumda boshqaruvchi telefonida koʻrinadi.”

Andijon · Loyiha jarayonda

Oson savdo

Muammo. Mijozlar bilan muloqot yoʻq, doimiy mijozni tanimaydi. Muammo chiqsa, mijoz indamay ketib qoladi.

Nima qilindi. Mahsulot hisobi, mijozlar bazasi va CRM, oldindan buyurtma uchun Telegram bot, NFC va shtrixkodli karta, AI tahlil, Face ID bilan davomat.

Natija. Natija loyiha tugagach shu yerda chiqadi.

Andijon · Loyiha jarayonda

Autobay

Muammo. Nasiyaga sotadi, toʻlov vaqtida masʼul xodim borishi kerak. Masʼullarni nazorat qilish qiyin, hisob chalkash, pul yigʻilmay qolyapti.

Nima qilindi. Masʼullar uchun mobil ilova, kompaniyaning oʻz maʼlumotlar serveri, kassa dasturi.

Natija. Natija loyiha tugagach shu yerda chiqadi.

Oʻz mahsulotlarimiz

Zifra — 700+ doʻkonda kassa va savdo hisobi

Zifra — 700+ doʻkonda kassa va savdo hisobi

Doʻkon va savdo hisobi, kassa tizimi. 700+ doʻkonga oʻrnatilgan.

zifra.uz

Mafin — 6k+ oʻrnatilgan qarz va mablagʻ hisobi ilovasi

Mafin — 6k+ oʻrnatilgan qarz va mablagʻ hisobi ilovasi

Qarzdorlar va mablagʻ hisobi ilovasi. Android va iOS, internetsiz ham ishlaydi.

mafin.app

Nafli — Zifra kassasi bilan ishlaydigan keshbek platformasi

Nafli — Zifra kassasi bilan ishlaydigan keshbek platformasi

Keshbek platformasi: xaridor keshbekni Telegram botda toʻplaydi. Zifra kassasi bilan ishlaydi.

nafli.uz

Avvalgi loyihalar

Tizimlar

  • Ekran koʻrinishi: INWARE: Klining
    INWARE: Klining — 2019-yildan bir necha gilam yuvish korxonasida. Operator, haydovchi, yuvuvchi, omborchi va maʼmuriyat uchun alohida profillar.
  • Ekran koʻrinishi: Kafe tizimi
    Kafe tizimi — Umumiy ovqatlanish uchun hisob-kitob va xizmat koʻrsatishni avtomatlashtirish.
  • Ekran koʻrinishi: Attraksion
    Park toʻlov tizimi — Koʻngilochar park tizimi: mijoz kartasidan toʻlov, balansni tekshirish, attraksion narxlari.

Mobil ilovalar

  • Ekran koʻrinishi: FinMaster
    FinMaster — Shaxsiy va nasiya hisobi: chiqim, tushum, qarz oldi-berdi, qarzdor va haqdorlar balansi.
  • Ekran koʻrinishi: Klining haydovchisi
    Klining haydovchisi — Mijozdan buyum olib keluvchi va yetkazuvchi xodim uchun ilova.
  • Ekran koʻrinishi: Oson bozorlik roʻyxati
    Oson bozorlik roʻyxati — Xarid roʻyxati, narx va miqdor, doʻstlar bilan ulashish.

Telegram botlar

  • Ekran koʻrinishi: @muallimlar oylik boti
    @muallimlar oylik boti — Oʻqituvchilar oylik maoshini hisoblaydi. 250 000 dan ortiq aʼzo.
  • Ekran koʻrinishi: @Maqolalarvajurnallar_bot
    @Maqolalarvajurnallar_bot — Ilmiy-axborot jurnali uchun: tanlov, reklama tarqatish, oʻzaro targʻib.
  • Ekran koʻrinishi: @Geografiya_malumot_bot
    @Geografiya_malumot_bot — Geografiya oʻqituvchilari uchun maʼlumot platformasi.

Veb saytlar

  • Ekran koʻrinishi: Bananza
    Bananza — Kafe uchun onlayn buyurtma, Payme va Click toʻlovi.
  • Ekran koʻrinishi: ChoccoTourEkran koʻrinishi: MalinaTour
    ChoccoTour, MalinaTour — Sayohat agentliklari: paket buyurtma qilish, Payme toʻlovi, 3 tilda.
  • Ekran koʻrinishi: CIBUS Natural
    CIBUS Natural — Mahsulot katalogi, 3 tilda.
  • Ekran koʻrinishi: Muallimlar.uz
    Muallimlar.uz — Yangiliklar portali, 2 tilda, reklama integratsiyasi.
  • Ekran koʻrinishi: Geograflar-faoliyati.uz
    Geograflar-faoliyati.uz — Blog, materiallar, test va reyting.
  • Ekran koʻrinishi: Agrosanoat texnikumiEkran koʻrinishi: Jamoat sogʻligi texnikumi
    Ikki texnikum sayti — Agrosanoat va Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat sogʻligi texnikumlari: 30+ sahifa, qidiruv, virtual qabulxona.
  • Ekran koʻrinishi: Al-mansurEkran koʻrinishi: Sifat MetallEkran koʻrinishi: Marketing agentligiEkran koʻrinishi: Toʻqimachilik katalogiEkran koʻrinishi: Maktab sayti
    Al-mansur, Sifat Metall va boshqalar — Tozalash kompaniyasi, ishlab chiqaruvchilar, toʻqimachilik katalogi, maktab va marketing agentligi saytlari.

Mijozlarimiz boʻlgan bizneslar

Cibus · Kids Market · Al-mansur · Begʻubor · Zamin · Baraka · Bijuterra Jewelry · UTES · LuxSquare (Dubay) · Blue Spectrum · Nizom ota · Ajva · King Burger · 24 soat · Lacoste parfyumeriya · High Concept Shoes · Semurgʻ · Metrica Group · ChoccoTour · Muslima Travel · Classica · IDEAL Agro · New Brand · Panda Kids · Laptop · Seventeen · Uvays Farm · Notebook · Muallimlar.uz · Quadro Mi

Biznesingizga tizim kerakmi? Shartlar va narx